U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston guruhda Xitoy, Ummon va Qatar bilan o‘ynaydi

  • 24 oktabr, 2017, 14:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Xitoyning Chanchjou shahridagi Trader Fudu mehmonxonasida bugun, 24 oktyabr kuni U-23 Osiyo chempionati–2018 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qit’a birinchiligiga 16 ta jamoa yo‘llanma olgan edi. Ular reytingiga mos ravishda quyidagi savatchalarga ajratilgandi.

1-savatcha: Xitoy (mezbon), Yaponiya, Janubiy Koreya, Iroq;

2-savatcha: Qatar, Iordaniya, KXDR, Avstraliya;

3-savatcha: O‘zbekiston, Suriya, Saudiya Arabistoni, Tailand;

4-savatcha: Vetnam, Ummon, Falastin, Malayziya.

Bo‘lib o‘tgan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U-23 termasi “A” guruhidan joy oldi. Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichida Xitoy, KXDR va Falastin bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.  Qolgan guruhlar quyidagi ko‘rinishni oldi:

“A” guruhi: Xitoy, Qatar, O‘zbekiston, Ummon;

“B” guruhi: Yaponiya, KXDR, Tailand, Falastin;

“C” guruhi: Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Malayziya;

“D” guruhi: Janubiy Koreya, Avstraliya, Suriya, Vetnam.

Ma’lumot uchun, U-23 Osiyo chempionati 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichi “D” guruhida 1-o‘rinni egallagan holda Xitoydagi Osiyo chempionati–2018 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!