
U-23 Osiyo chempionati. O‘zbekiston joylashgan guruhdagi vaziyat qanday? (Turnir jadvali)
Bir necha daqiqa oldin Tailandning Songxla shahrida o‘tkazilayotgan "S" guruhidagi 1-tur bahslari yakunlandi.
Dastlab O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi g‘alaba qozonayotgan paytda ikkinchi bo‘limda to‘p o‘tkazib yuborib, 1 ochko bilan kifoyalandi.
Kvartetimizdagi ikkinchi o‘yinda Janubiy Koreya hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Xitoy darvozasini ishg‘ol etib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu bellashuvlardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan.
Fikrlar