
U-23 Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston qaysi guruhdan joy oldi?
2020 yilning yanvar oyida Tailandning Bangkok shahrida 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi terma jamoamiz "C" guruhidan joy olib, Janubiy Koreya, Eron va Xitoy termalariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Musobaqada kuchli uchlikdan joy olgan terma jamoalar kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiyada yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.
"A" guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn.
"B" guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya.
"C" guruhi: O‘zbekiston,Janubiy Koreya, Xitoy, Eron.
"D" guruhi: Vetnam, KXDR, Iordaniya, BAA.
Fikrlar