U-23 Osiyo kubogi. Guruhdagi asosiy raqibimiz Vetnam yana g‘alaba qozondi!

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichining 2-turida Vetnam olimpiya terma jamoasi Malayziyaga qarshi bahs olib bordi. Unda vetnamlik olimpiyachilar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dastlabki golni Van Kxang kiritdi. Ikkinchi golga esa penaltidan unumli foydalangan Min Kxoa mualliflik qildi. 

Shu tariqa, Vetnam ikkinchi turda ham muhim g‘alabani tantana qildi. Hozirda ular 6 ochko bilan peshqadam, Malayziya esa ochko to‘plamagan holda so‘nggi pog‘onani band etib turibdi. 

  • Osiyo - AFC Championship U23
  • Guruh bosqichi
131093.png

Malayziya

Tugadi
0 : 2

20.04.2024 18:00

131092.png

Vietnam

  • Võ Hoàng Minh Khoa 60'
  • Khuất Văn Khang 39'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!