U-23 Osiyo kubogi muddati o‘zgardi
Osiyo Futbol Konferentsiyasi 2024 yil Qatarda o‘tkaziladigan U-23 Osiyo kubogining sanalari o‘zgaganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, turnir 2024 yilning 15-aprelidan 3-mayigacha bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, turnir saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 25 may kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Fikrlar