U-23 Osiyo kubogi tashkiliy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 29 yanvar, 2022, 15:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida mamlakatimizda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning nufuzli musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan sa’y-harakat boshlab yuborilgan. Xususan, O‘FA ishchi guruhi tomonidan turnir o‘tkaziladigan stadionlar, mehmonxonalar va mashg‘ulot maydonlarining holati o‘rganib chiqildi.

O‘FA rahbariyati boshchiligida musobaqa tashkiliy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda turnirda faoliyat olib boradigan mutaxassislarning funktsional vazifalari tushuntirildi. Shuningdek, Osiyo futbol konfederatsiyasi vakillarining mamlakatimizga tashrif buyuradigan sanasiga qadar ishchi guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgan masalalar va aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!