U-23 Osiyo kubogi. Yarim final juftliklari bilan tanishing

  • 17.01.2026 23:47
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni mezbonligida oʻtayotgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogining chorak final bahslari oʻz nihoyasiga yetdi.

Bugun boʻlib oʻtgan oʻyinlarda Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi Xitoyga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi. Shuningdek, Janubiy Koreya Avstraliyani 2:1 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa, yarim finalga Vyetnam, Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya yoʻl oldi. Quyida juftliklar bilan tanishing:

Vyetnam U-23 — Xitoy U-23
Yaponiya U-23 — Janubiy Koreya U-23

Maʼlumot uchun, ushbu bellashuvlar 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!