U "Barselona"ga qimmatga tushdi!

  • 18 iyun, 2022, 17:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" qishda “Barselona”ga sotgan Ferran Torres ortidan qo‘shimcha 5 million evro foyda ko‘rdi. “The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, bunday to‘lov klublar o‘rtasidagi kelishuvda bo‘lgan. Shartnomaga ko‘ra, agar “ko‘k-anorranglilar” mavsum yakunida Chempionlar ligasiga chiqsa, ispan klubi “shaharliklar”ga qo‘shimcha 5 million evro to‘lab beradi.

Shunday qilib, qo‘shimcha bonuslar hisobiga Ferran Torres transferining umumiy summasi 60 million evroni tashkil qiladi. Futbolchi endilikda "Barselona" tarixidagi eng qimmat futbolchilar ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Ferran Torres yakuniga etgan mavsum Ispaniya La Ligasida 18 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!