
PSJga Angliyadagi super to‘purar kerak
PSJ shundoq ham Evropada eng qudratlilardan hisoblangan hujum chizig‘ini yanada kuchaytirmoqchi.
Parijliklar “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang uchun kurashga qo‘shildi. PSJ bu to‘purarni olishi uchun “Barselona”, “Real”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” kabi grandlar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Aslida Obameyangni London klubi bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Biroq, “Arsenal” ichki chempionatda va xalqaro maydonda yuqori marralarni zabt etolmayotgani sababli futbolchi sovrin yuta oladigan klubga o‘tmoqchi. Londonliklar ham bunga qarshi emas va gabonlik hujumchini 30 million funt-sterling evaziga boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga rozi.
Hujumchi joriy mavsumda 32 ta o‘yinda 20 ta gol urdi.
Fikrlar