U finaldagi mag‘lubiyatni qabul qila olmadi(mi?)
"Liverpul" futbolchisi Sadio Mane finaldagi mag‘lubiyatdan keyin jamoadoshlaridan biriga klubdan ketishini ma’lum qilgan. Bu haqda "BBC Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi "Bavariya" bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. U Myunxen klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Mane joriy mavsum "Liverpul" safida barcha musobaqalar doirasida 51 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 23 gol va 5 assistni yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar