
U Lukakuni umuman olmagan bo‘lardi!
“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Gari Nevill belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning “Chelsi”ga olib kelinganiga munosabat bildirdi.
- Yurgen Klopp Lukakuni hech qachon o‘z jamoasiga qo‘shmaydi. Xosep Gvardiola ham shunday. “Chelsi”da Romelu tipidagi hujumchilar o‘ynagan. Diego Kosta va Dide Drogba – jismonan baquvvat hujumchilar edi. Bu tipdagi forvardlar 20 yildan buyon “Chelsi” tarkibida bor va ular jamoa o‘yiniga mos keladi.
Lukaku “Chelsi”da bir mavsumda 25 ta gol urishi mumkin. Lekin uning o‘yin uslubi “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul”ga to‘g‘ri kelmaydi, - dedi Gari Nevill.
Romelu Lukaku o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 44 ta uchrashuv o‘tkazib, 30 ta gol va 10 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Belgiyalik to‘purar “Inter”ni uzoq tanaffusdan so‘ng, Italiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi.
Fikrlar