
U Messining o‘rnini egallashi kerak
Og‘ir jarohatdan keyin maydonga qaytgan Ansu Fati “Barselona”dan yangi shartnoma oladi.
Manbalarning xabariga ko‘ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh Kataloniyaga kelgan va ayni paytda klub rahbarlari bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Bundan tashqari, klub qator grand jamoalar nishonida turgan o‘yinchini uzoqroq muddat o‘z safida olib qolmoqchi. Joan Laporta mutasaddilardan shartnomani tezroq imzolashni talab qilyapti.
Ansu Fati yosh bo‘lishiga qaramay, yorqin o‘yin ko‘rsatganidan keyin ko‘pchilik tomonidan Lionel Messining vorisi sifatida tan olindi. Klub rahbariyati argentinalik yulduz ketganidan keyin unga Messi o‘ynagan 10-raqamni bergani ham bejiz emas.
Fikrlar