
U MYudan ketsa, terma jamoa eshiklari ochiladi
“Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yangilagan darvozabon Din Xenderson klubni tezroq tark etib, o‘ziga yangi jamoa topishga harakat qilmoqda.
Xenderson manchesterliklar safida zaxiraga mixlanib qolmaslik uchun boshqa jamoaga ijaraga o‘tishga rozi. 23 yoshli iste’dodli darvozabonning bu qarori kelasi yili bo‘ladigan Evropa chempionati oldidan Angliya terma jamoasidagi o‘rnini yo‘qotmaslikka qaratilgan.
- Asosiy maqsadim – doim maydonga tushish. O‘tgan mavsumdagi o‘yinlarimdan so‘ng, endi futbolni tashqaridan kuzata olmayman. Hech narsa qilmasdan zaxirada o‘tirish ahmoqlik. Bu holat na menga, na klubga foyda, - dedi Din Xenderson.
Angliya premer-ligasida bu darvozabonni sotib olish uchun ham, ijarada o‘ynatish istagidagilar ham juda ko‘p.
Fikrlar