"U Rimda baxtli" - Zanolo "Roma"da qolishi mumkin

  • 18 dekabr, 2022, 08:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" futbolchisi Nikolo Zanoloning kelajagi so‘roq ostida turibdi.

Uning agenti Klaudio Vigorelli mijozi atrofidagi mish-mishlarga izoh berdi. "Men boshimiz uzra qora bulutlarni ko‘rmayapman. Klub bilan munosabatlarimiz ancha yaxshi. Yangi shartnoma imzolash vaqti keldi, buni muhokama qilishga kelishib oldik.

Nikolo bor e’tiborini maydonga qaratadi. "Roma" rahbariyati muzokara stoliga o‘tirishga tayyor ekanimizni biladi. Zanolo Rimda baxtli",-dedi Vigorelli.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchining "bo‘rilar" bilan kelishuvi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan. Unga "Yuventus"dan qiziqish bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!