Uch polvonimiz finalda, yana biri bronza uchun kurashadi

CHERY AUTO

Istanbul shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha reyting turniri murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda. Quvonarlisi, kechki dasturda to‘rt nafar yunon-rum kurashchimiz nufuzli musobaqa medallari uchun gilamga chiqadi. 63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Islomjon Bahromovdan so‘ng Mahmud Baxshilloev (67 kg) va Rustam Assakalov (97 kg) ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Dastlab Bahromov yarim finalda qirg‘izistonlik Dastan Kadirovdan 9-1 hisobida ustun keldi. Uning finaldagi raqibi moldovalik Viktor Chiobanu bo‘ladi.

Assakalov yarim finalda norvegiyalik Feliks Baldaufni 7-1 hisobida engdi. U oltin medal uchun finlyandiyalik Arvi Martin Savolaynenga qarshi gilamga chiqadi.

Mahmud Baxshilloev esa yarim finalda turkiyalik Furkan Yildizni 4-3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Buxorolik polvonimiz finalda norvegiyalik Morten Toresenga qarshi bahs olib boradi.

Uchta Olimpiada ishtirokchisi Mo‘minjon Abdullaev esa kechki dasturda qozog‘istonlik Alimjan Sizdikovga qarshi bronza medali uchun gilamga chiqadi. U biroz avval bronza yo‘lidagi o‘tish bahsida finlyandiyalik Konsta Maeinpaini 5-1 hisobida engdi.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!