Uch qit’a va etti mamlakatni o‘zida jamlagan terma bilan o‘ynaymiz
"JCh-2026" saralashi Osiyo mintaqasi 5-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Qatar maydoniga safar qiladi.
Ayni vaqtda "A" guruhida forslar bilan bir xil ochko to‘plagan (10) va faqatgina to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda bo‘lib turgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ochko bilan 4-pog‘onada borayotgan Qatar bilan bahs olib boradi.
Qatar terma jamoasi O‘zbekiston FIFA kunlarida dastlab O‘zbekiston, (14.11.2024) keyin esa BAA termalariga qarshi maydonga chiqadi. Jamoa ustozi Tintin Markes yig‘inga chaqirgan futbolchilar orasida 11 nafari kelib chiqishi boshqa millat vakili bo‘lgan mahalliylashtirilgan o‘yinchilar sanaladi.
1.Iroq - Muhammad Vaad, Bassam Al Ravi. (Osiyo)
2. Sudan - Ibrohim Al Hassan, Almoaz Ali. (Afrika)
3. Misr - Saloh Zakariya, Ahmad Fathi, Toriq Salmon. (Afrika)
4. Jazoir - Bualem Xuxi. (Afrika)
5. Gana - Muhammad Muntari. (Afrika)
6. Braziliya, Edmilson, Lukas Mendes. (Janubiy Amerika)
Fikrlar