
Uchrashuvda hushidan ketgan mashhur futbolchi vafot etdi (foto)
Gana terma jamoasining sobiq futbolchisi Rafael Dvamena 28 yoshida favot etdi. Albaniya chempionatida “Egnatiya” klubi sharafini himoya qilayotgan hujumchi “Partizani” jamoasiga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida o‘zini yomon his qildi.
Shifokorlar hushini yo‘qotgan futbolchiga maydonning o‘zida birinchi yordamni ko‘rsatdi va uni tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishdi.
Biroq Dvamena shifoxonada ham o‘ziga kelmadi va o‘lim holati qayd etildi.
Dvamena faoliyati davomida Ispaniyaning “Levante”, “Saragosa”, Shveytsariyaning “Tsyurix”, Astriyaning “Blau-Vayss”, “Austriya”, “Lifering”, Daniyaning “Vayle” jamoalarida ham to‘p tepgan.
Hujumchi Gana terma jamoasi safida to‘qqizta uchrashuvda raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgandi.
Fikrlar