
Uchta klub “Real” hujumchisi uchun kurashmoqda
Madridning “Real” klubi hujumchisi Mariano Dias faoliyatini “Sevilya”, “Ayntraxt” yoki “Latsio” jamoalarining birida davom ettirishi mumkin.
“Real” rahbariyati ayni damda futbolchining ijarasi bo‘yicha barcha takliflarni o‘rganib chiqmoqda. Klublar Mariano xizmatlaridan mavsum oxiriga qadar foydalanmoqchi.
Diasga faqatgina ispan klublari emas, “A” seriya va Bundesliga jamoalari ham qiziqmoqda.
AS nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, , “Sevilya” ushbu futbolchiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Shuningdek, Frankfurtning “Ayntraxt” va Rimning “Latsio” klublari ham u bilan shartnoma imzolashmoqchi. Biroq so‘nggi qarorni 23 yoshli hujumchining o‘zi qabul qiladi.
Fikrlar