UEFA Angliya terma jamoasini jiddiy jazoga tortdi

  • 19 oktabr, 2021, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Angliya terma jamoasini ikkita o‘yinni tomoshabinlarsiz o‘tkazish bilan jazoladi.

Ingliz jamoasi joriy yoz Londondagi "Uembli" stadionida Italiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan Evro-2020 final uchrashuvidagi tartibsizliklar uchun jazolandi.

O‘yin davomida yuzdan ziyod chiptasiz ingliz muxlislari stadionga bostirib kirib, politsiya va boshqaruvchilar bilan to‘qnashuvni keltirib chiqardi.

Angliya futbol assotsiatsiyasiga (FA) qarshi sanktsiyalar stadion ichida ham, uning yonida ham tartibni saqlamaganligi uchun qo‘yilgan.

Shuningdek, FA begona odamlarning maydonga tushgani, muxlislar maydonga turli narsalar uloqtirgani va davlat madhiyalari ijro etilayotgan paytda yuzaga kelgan tartibsizliklar uchun 100 ming evro miqdorida jarimaga tortildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!