UEFA eng zo‘r futbolchini e’lon qildi!

  • 26 avgust, 2022, 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Karim Benzema UEFA tomonidan o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olindi.

Taqdimot marosimi Istanbulda bo‘ldi. Bu sovringa “Real” darvozaboni Tibo Kurtua va “Machnester Siti”  pleymeykeri Kevin de Bryuyne ham da’vogarlik qildi.

Benzema o‘tgan mavsum juda sermahsul o‘yin ko‘rsatdi. Frantsiyalik hujumchi madridliklar tarkibida jami 46 ta uchrashuvda qatnashib, 44 ta gol urdi va 15 ta assistni amalga oshirdi. Jamoasini Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishigahissa qo‘shdi va bu turnirlarning  eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomiga “Real” ustozi Karlo Anchelotti sazovor bo‘ldi. Italiyalik mutaxassis “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va “Liverpul” ustozi Yurgen Kloppni ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!