UEFA evrokuboklar sovrin jamg‘armasini qisqartiradi

  • 20.10.2020 18:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Koronavirus pandemiyasi evrokuboklarning mukofot jamg‘armasiga ham ta’sir o‘tkazdi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Inqiroz natijasida Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 560 million evro zarar ko‘radi. Shu sababli, UEFA Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasida qatnashadigan klublarga to‘lovlarni besh yilga qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Bundan avvalroq, UEFA 2020/21 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi uchun 1,95 milliard evro, Evropa ligasi uchun 560 million evro mukofot jamg‘armasi belgilangani haqida ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!