UEFA kubogi sohibi, Rossiya chempioni va kubogi egasi Vitaliy Denisovga jamoa yo‘qmi?

  • 2 avgust, 2020, 01:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 72 ta uchrashuv o‘tkazgan tajribali himoyachi Vitaliy Denisov yanvar oyida Rossiya premer-ligasidan Milliy futbol ligasiga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

“Rubin” tarkibidan “Rotor” jamoasiga borib qo‘shilgan futbolchisi Milliy futbol ligasining eng qimmatbaho futbolchisi nomiga ham sazovor bo‘lgan. Lekin "Rotor" jamoasi murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar o‘zbekistonlik futbolchining ham faoliyatiga ta’sir qildi. 

Joriy yilning 18 iyun kuni Rossiya premer-ligasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Rotor” o‘zbekistonlik himoyachi klubni tark etganini rasman e’lon qilib, Vitaliy Denisovning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. 

Shundan beri Vitaliy Denisov va u faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida hech qanday xabar yo‘q. Mahoratli futbolchimiz faoliyatini yakunlashiga hali erta. U yana ma’lum muddat yuqori saviyada to‘p surishga qodir. Biz, yaqinlashib kelayotgan transfer bozorida Vitaliy o‘ziga mos jamoa topa olishiga umid qilamiz.

 

denisov-rotor-1579182682-29935

Vitaliy Denisovning bugungi kundagi transfer summasi 950 ming evroni tashkil qilmoqda. O‘z navbatida, Rossiya va Ukrainaning qator nufuzli klublarida to‘p surgan hamyurtimizning eng yuqori transfer narxi 2016 yilning yanvar oyiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Denisovning transfer qiymati 7 million evroga baholangan.

Vitaliy Denisovni so‘nggi jamoasi “Rotor”ga bosh murabbiy Aleksandr Xatskevich va unga murabbiylik ishida ko‘maklashgan O‘zbekiston terma jamoasi safida eng ko‘p gol urgan mohir hujumchi Maksim Shatskix taklif qilgandi. Volgagradliklar bosh murabbiy xizmatidan voz kechgan. 

184b

Avvaliga Milliy futbol ligasi musobaqasini birinchi o‘rinda yakunlab, premer-ligada to‘p surish huquqini qo‘lga kiritgan "Rotor"  yuqori ligada o‘ynamoqchi emasdi. Chunki pandemiya ta’sirida iqtisodiy muammolarga duch kelayotgan klub yuqori ligada o‘ynashi uchun etarli mablag‘ topa olmagandi. Keyinchalik bu masala ijobiy hal etildi. 

Shu o‘rinda, Vitaliy Denisov qator yutuqlarni qo‘lga kirita olganini ta’kidlash lozim. U Moskvaning TsSKA jamoasi tarkibida ikki marotaba Rossiya kubogi va 2004-2005 yilgi mavsumda UEFA kubogi sohibi bo‘lgan.

rue149e94ff95

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi “Lokomotiv” safida Rossiya chempionatining oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lgan. Ikki marta Rossiya kubogini qo‘lga kiritgan.

orig_1

Hamyurtimiz faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak” (Nijegorod), “Krilya Sovetov”, “Rubin” va Ukrainaning “Dnepr” jamoalari sharafini himoya qilgan.                      

DkYGFLyIaUhobYCliHLoVH24MwY0P0Jm_medium

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!