UEFA O‘zbekiston terma jamoasining Evropa jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazishida yordam beradimi?

  • 14.03.2020 19:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek kecha poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida “UEFA assist” loyihasi vakili Eva Paskue xonim bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan jurnalistlar Paskue xonimga “UEFA assist” loyihasi rejasida O‘zbekiston va Evropa terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etishda ko‘maklashish ham borligi haqida savol bilan murojaat qilishdi. U esa quyidagi javobni berdi:

“Ha, albatta. Loyiha o‘z nomi bilan ko‘mak berishni maqsad qilgan. Hozirda Evropada UEFA Millatlar ligasi turniri tashkil etilgan va unda ayrim guruhlarda 3 tadan terma jamoa joy olgan. Shu bois ushbu terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishimiz mumkin. Bundan tashqari biz O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari va ayollar terma jamoalarini UEFA sha’feligida o‘tadigan musobaqalarga taklif qilamiz. U erda jamoalaringiz o‘zlari uchun kerakli tajribalarni to‘plashlari mumkin”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!