UEFA rossiyalik hakamni yig‘inga taklif qildi

  • 30 iyun, 2023, 17:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA rossiyalik hakam Sergey Karasevni sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan hakamlar yig‘ilishiga taklif qildi. Bu haqda Rossiya futbol federatsiyasi xabar berdi.

Tecno

"UEFA sentyabr oyida Sergey Karasevni hakamlar yig‘ilishiga taklif qildi", - deya izoh berdi RFU aloqa xizmati.

Avvalroq Sergey Karasev sanktsiyalar joriy qilinganidan keyin UEFA bilan aloqalari juda cheklanganligini bir necha bor aytgan edi. Shu bilan birga, Rossiya futboliga qarshi sanktsiyalar qo‘llanilgunga qadar Karasev muntazam ravishda UEFA doirasidagi turnirlar o‘yinlarida, jumladan, UEFA Superkubogi uchun 2021 yilda "Chelsi" va "Vilyarreal" o‘rtasidagi o‘yinda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya klublari va jamoalari hozirda rasmiy xalqaro turnirlarda ishtirok etmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!