
UFC 246 chiptalaridan qancha foyda qoldi va eng yaxshi jang uchun bonuslarni kim oldi?
Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 246 ning eng yaxshi janggi uchun qo‘shimcha bonus pullarining egalari aniqlandi.
Musobaqani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun 19040 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Chiptalar sotuvidan 11,089,129.30 dollar foyda keldi.
5 ta jangchi eng yaxshi jang uchun beriladigan 50 ming dollardan pul mukofotiga ega bo‘lishdi. Bular: Konor Makgregor, Aleksey Oleynik, Diego Ferreyra, Brayan Kellexer va Dryu Dober.
Fikrlar