UFC 248. Adesanya kamarini himoya qildi va oqshomning qolgan natijalari bilan tanishing!

  • 08.03.2020 16:41
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Las-Vegasning "T-Mobile" arenasida UFC 248 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning markaziy jangida Isroil Adesanya Yoel Romeroga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Jangda hakamlar bir ovozdan Adesanyaning g‘alabasini qayd etishdi (48-47, 48-47, 49-46).

Shuningdek, turnirda quyidagi natijalar qayd etildi:

UFC chempioni Veyli Jan (21-1) Yoanna Enjeychik (16-4) ustidan hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi (47-48, 48-47, 48-47).

Beneil Dariush (18-4-1) ikkinchi raundda Drakkar Klouz (11-2-1) ni nokautga uchratdi.

Nil Magni (22-7) va Li Tszinlyan (17-6) qarama-qarshiligida hakamlar bir ovozdan Magni foydasiga qaror qabul qilishdi (30-27, 30-27, 30-27).

Aleks Oliveyra (20-8-1) Maks Griffin (15-8) ni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi (29-28, 28-29, 29-28).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!