"UFC 249" ishtirokchisi uchun 9 may alohida sana ekanligi va buning o‘z sababi borligini aytdi

  • 6 may, 2020, 15:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

 Ukrainada tavallud topib, keyinchalik Rossiya fuqarosiga aylangan MMA jangchisi Aleksey Oleynik Ikkinchi jahon urushi yakunlangan kuni jang qilishida ramziy ma’no borligini aytdi. 9 may (Toshkent vaqti bilan, jang 10 may kuni tongda boshlanadi), AQShda 42 yoshli sportchi braziliyalik Fabrisio Verdum bilan to‘qnash keladi.

Tecno

"Albatta, bu alohida sana. Men ushbu mamlakatning har bir fuqarosi kabi mazkur unutilmas kunni sharaflayman. Ushbu urush ishtirokchilari biz barcha narsaga ega bo‘lishimiz uchun o‘z hayotlarini qurbon qildilar. Mening ikkita bobom mo‘’jizaviy tarzda Ikkinchi jahon urushi paytida omon qolishgan ", - dedi Oleynik Match TV ning Instagram dagi efiri vaqtida.

 Turnir Florida shtatining Jeksonvill shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbirning asosiy voqeasi Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasidagi jangdir...

Oleynik faoliyati mobaynida 58 g‘alaba, 13 mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan bo‘lsa, Verdum 23 bor g‘alaba qozonib, 8 marotaba mag‘lubiyatga uchragan va, u ham bir marta durangga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!