
"UFC 254". Qozog‘istonlik jangchi debyutni g‘alaba bilan nishonladi
Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan "UFC 254" turnirida Shavkat Rahmonov promoushendagi debyut jangini braziliyalik tajribali jangchi Aleks Oliveyraga qarshi o‘tkazib, birinchi raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘alabani tantana qildi.
Ushbu musobaqaning markaziy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tsa, o‘zbekistonlik jangchi Liliya Shakirova debyut qiladi.
Oqshomning natijalari, videolari, fotolari va barcha qiziqarli voqealarining matnli translyatsiyasini mazkur havola orqali kuzatib borish imkoniga egasiz.
Fikrlar