UFC 270 davom etmoqda. Michel Morales chiroyli tarzda g‘alaba qozondi (Video)

  • 23.01.2022 09:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni daqiqalarda AQShning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida "UFC 270" turniri qizg‘in tarzda davom etmoqda. Ma’lumki, ushbu jang kechasidan ikki chempionlik jangi o‘rin olgan. Ya’ni, super engil vazn toifasida Brendon Moreno eski tanishi Deyvesen Figeredoga qarshi trilogiyada oktagonga ko‘tarilsa, asosiy to‘qnashuvda og‘ir vazn vakillari Frensisi Ngannu titulini Siril Gandan himoya qiladi. 

Shuningdek, hozirga qadar o‘tkazilgan prelim va asosiy kardning boshqa janglarida ham qiziqarli yakunlarni guvohiga aylandik. Jumladan, yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasida promoushenda debyut jangini o‘tkazgan Michel Morales Trevin Jaylsni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi. 

Quyida, ushbu jarayonni e’tiboringizga havola etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!