
"UFC 288" turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing!
Bir necha soatlar avval "UFC 288" turniri o‘zi yakuniga etdi. Markaziy jangda Aldjameyn Sterling Genri Sexudoni ochkolarga ko‘ra mag‘lub etdi. Shuningdek, bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi. Quyida, turnirda qayd etilgan barcha natijalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Asosiy kard:
Aldjameyn Sterling (AQSh) - Genri Sexudo (AQSh)- Sterling ochkolarga ko‘ra(47-48 48-47, 48-47) g‘alaba qozondi.
Bilol Muhammad (AQSh)- Gilbert Byorns(Braziliya) - Muhammad ochkolarga ko‘ra (50-45, 49-46, 49-46) zafar quchdi.
Yan Syaonan(Xitoy) - Jessika Andrade (Braziliya) - Yan 1- raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Movsar Evloev (Rossiya) - Diego Lopez (Braziliya) - Evloev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (29-28, 29-28, 30-27) g‘olib chiqdi.
Sharl Jorden (Kanada) - Kron Greysi ( Braziliya) - Jorden ochkolarga ko‘ra (30-27, 30-27, 30-27) zafar quchdi.
Prelim kard:
Dryu Dober (AQSh)- Mett Frevola (AQSh) - Frevola 1- raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Kennedi Nzechukvu (Nigeriya) - Devin Klark (AQSh) - Nzechukvu 2-raundda sabmishen(bo‘g‘ish) bilan g‘alabaga erishdi.
Kalin Uilyams (AQSh) - Rolando Bedoya ( Peru) - Uilyams hakamlarning alohida qaroriga ko‘ra (27-30, 29-28, 29-28) zafar quchdi.
Virna Yandiroba (Braziliya) - Marina Rodriges (Braziliya)- Yandiroba ochkolarga ko‘ra (29-28, 29-28, 30-27) g‘alaba qozondi.
Erta prelim:
Parker Porter (AQSh)- Brakston Smit (AQSh) - Porter 1- raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Ikram Aliaskerov (Rossiya) - Fil Xous (AQSh) - Aliaskerov 1- raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Klaudio Ribeyro (Braziliya) - Jozef Xolms (AQSh) - Ribeyro 2- raundda texnik nokaut bilan g‘olib bo‘ldi.
Fikrlar