"UFC 289" turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing!
Kanadaning Vankuver shahri mezbonlik qilgan, "UFC 289" turniri o‘zi yakuniga etdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi.
Asosiy kard:
Amanda Nunes - Irena Aldana - Nunes hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (50-44, 50-44, 50-43) g‘olib chiqdi.
Charlz Oliveyra - Beneil Dariush - Oliveyra 1- raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Mayk Melott - Adam Fyudjit - Melott 2- raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Den Ige - Neyta Landver - Ige hakamlar qaroriga ko‘ra (29-28, 29-28, 30-27) g‘olib chiqdi.
Mark-Andre Bario - Erika Anders ochkolarga ko‘ra (30-27, 30-27, 30-27) g‘alaba qozondi.
Prelim kard:
Nassurdin Imavov -Kris Kyortis jangi 2- raundda Kyortisning jarohati tufayli to‘xtatildi va jang natijasi bekor qilindi.
Jasmin Yasudavichus - Miranda Maverik - Yasudavichus ochkolarga ko‘ra (29-28, 29-28, 29-28) zafar quchdi.
Ayemann Zaxabi - Tsilen Aoji - Zaxabi 1- raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Kayl Nelson - Bleyk Bilder - Nelson hakamlar qaroriga ko‘ra (30-27, 30-27, 29-28) g‘olib chiqdi.
Stiv Ertseeg - David Dvordjak -Ertseeg ochkolarga ko‘ra (29-28, 29-28, 30-27) g‘alaba qozondi.
Diana Belbit - Mariya Oliveyra - Belbit ochkolarga ko‘ra (30-27, 30-27, 29-28) g‘olib chiqdi.

Fikrlar