"UFC 289" turnirining yana bir qarama-qarshiligi ma’lum bo‘ldi

  • 20 aprel, 2023, 06:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Frantsiyalik o‘rta vazn (83.9 kg) toifasi vakili Nasuriddin Imavovning (12-4) navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

Imavov 10 iyun kuni Vankuverda tashkil etiluvchi “UFC 289” turnirida amerikalik Kris Kyortisga (30-10) qarshi oktagonga ko‘tariladi.  Kris Kyortis  “UFC 287” turnirida ham jang qilgandi va Kelvin Gastelumga (18-8) imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Nasuriddin Imavov so‘ngi jangini “UFC Fight Night 217” turnirida Shon Striklendga(26-5) qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!