UFC 294 turniri bonus sohiblari aniqlandi
Kecha Abu-Dabida UFC 294 turniri bo‘lib o‘tdi va mazkur kechaning bonus sohiblari ham e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, markaziy jangda Volkanovskini nokautga uchratgan Islam Maxachev 50 ming dollar mukafot puli bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Muhammad Mokaev (Tim Elliotni bo‘g‘ib qo‘ydi), Said Nurmagomedov (Muin Gofurovni gilotina uslubida mag‘lub etdi)va Ikram Aliskerov (Uorri Alvesni nokautga uchratdi) kabi jangchilarga ham xuddi shunday summada bonuslar taqdim etildi.
Kechaning eng yaxshi jangi uchun bonus taqdim etilmadi.
Fikrlar