UFC 305 turnirining to‘liq natijalari bilan tanishing!

  • 18 avgust, 2024, 10:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

17 avgustdan 18 avgustga o‘tar kechasi Avstraliyaning Pert shahrida MMA bo‘yicha UFC 305 turniri bo‘lib o‘tdi. Quyida ushbu musobaqaning barcha natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz:

Drikus dyu Plessi Israel Adesanyani 4-raundda rear-naked choke usuli bilan nokautga uchratdi va o‘rta vazn toifasida chempionlik unvonini munosib himoya qildi.

Kay Kara-Frans Stiva Ertsega ustidan 1-raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Den Xuker hakamlarning qarori bilan (29-28, 28-29, 29-28) Mateush Gamrotni mag‘lub etdi.

Jairzino Rozenstrayk hakamlarning qarori bilan (29-28, 27-30, 30-27) Tay Tuyvasani mag‘lub etdi.

Karlos Prates 2-raundda Tszinlyana Li ustidan nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Valter Uoker 1-raundda heel hook usuli bilan Junior Tafa ustidan g‘alabaga erishdi.

Rikardo Ramos hakamlarning qarori bilan (29-28, 28-29, 29-28) Joshua Kulibao ustidan g‘alaba qozondi.

Keysi O'Nill hakamlarning qarori bilan (30-27, 30-27, 30-26) Luana Santos ustidan zafar quchdi.

Jek Jenkins 3-raundda texnik nokaut bilan Gerbert Byorns ustidan g‘alabaga erishdi. 

Tom Nolan hakamlarning qarori (30-27, 30-27, 29-28) bilan Aleks Reyes ustidan g‘alaba qozondi.

Kenan Sun hakamlarning qarori bilan (30-27, 30-26, 29-28) Rik Glenn ustidan g‘alabaga erishdi. 

Xesus Agilar 1-raundda guillotine choke usuli bilan Styuart Nikollni mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!