
"UFC 305" turnirining vazn o‘lchash marosimi yakunlandi
18 avgust kuni Avstraliyaning Pert shahrida "UFC 305" turniri bo‘lib o‘tadi, uning asosiy to‘qnashuvida o‘rta vazn toifasida promoushen chempioni Drikus Dyu Plessi sobiq chempion Israel Adesanyaga qarshi jang qiladi.
Bugun barcha ishtirokchilar tarozidan o‘tkazildi. Quyida natijalar bilan tanishishingiz mumkin:
Asosiy kard:
Titul jangi, o‘rta vazn: Drikus Dyu Plessi (83,91 kg) — Israel Adesanya (83,46 kg);
Super engil vazn: Kay Kara-Frans (56,69 kg) — Stiv Ertseg (56,92 kg);
Engil vazn: Mateush Gamrot (70,76 kg) — Den Xuker (70,53 kg);
Og‘ir vazn: Tay Tuivasa (120,2 kg) — Jairzino Rozenstrayk (117,48 kg);
Yarim o‘rta vazn: Li Djingliang (77,11 kg) — Karlos Prates (77,11 kg).
Prelim kard:
Og‘ir vazn: Junior Tafa (110,67 kg) — Valter Uoker (114,3 kg);
Yarim engil vazn: Josh Kulibao (66,22 kg) — Rikardo Ramos (65,99 kg);
Ayollar super engil vazni: Keysi OʼNill (56,92 kg) — Luana Santos (57,15 kg);
Yarim engil vazn: Jek Jenkins (65,99 kg) — Gerbert Byorns (66,22 kg);
Engil vazn: Tom Nolan (70,53 kg) — Aleks Reyes (70,76 kg);
Yarim o‘rta vazn: Song Kenan (77,56 kg) — Rik Glenn (77,56 kg);
Super engil vazn: Styuart Nikoll (57,15 kg) — Xesus Agilar (57,83 kg).
Agilar belgilangan chegaradan oshib ketdi, shu bois u gonorarning 20 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
Fikrlar