
UFC Ankalaevni kamardan uzoqlashtirmoqda(mi?)
Bellator chempionligi uchun sobiq da’vogar rossiyalik Anatoliy Tokov yarim og‘ir vazndagi Magomed Ankalaev bilan UFC dagi vaziyat haqida gapirdi.
“Yan Blaxovich bilan shubhali durang qayd etildi. Bundan ma’lum bo‘ldiki, UFC Magomedni siqib chiqarib, uni tituldan uzoqlashtirmoqchi. Ankalaev o‘rniga promoushen media orqali pul olib keladigan Aleks Pereyraga e’tibor qaratmoqda. Chunki UFC ga qiziqarli ertakka ega, matbuot anjumanlarini "yondiradigan", sochlari bo‘yalgan jangchilar kerak”, — deya Tokov so‘zlarini keltiradi MMA.METARATINGS.RU.
Ma’lumot uchun, Magomed Ankalaev 2018 yilning mart oyida UFC da debyut qilgan.
Fikrlar