
UFC chempioni ajoyib "sabmishen" evaziga navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi (Video)
Las-Vegas shahri "UFC 255" turniriga mezbonlik qildi. Ushbu turnirning markaziy jangida super engil vazn toifasi vakillari chempion Deyveson Figeredo hamda Aleks Peres to‘qnash keldi.
Jangning birinchi raundidayoq, Figeredo bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi. Shuningdek, ushbu jang kechasida ayollar o‘rtasidagi super engil vazn toifasi chempioni Valentina Shevchenko ham raqibasi Jenifer Mayani ochkolar hisobiga mag‘lub etdi va o‘z chempionlik kamarini himoya qildi.
Quyida Figeredo qay tarzda g‘alaba qozonganini tomosha qilishingiz mumkin!
Fikrlar