
UFC chempioni filmda suratga tushadi !
Yarim og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra aktrisa Adria Arjoa bilan birgalikda "Hujum" filmida ishtirok etadi.
"Aleks ushbu filmda bosh rolni ijro qiladi. Loyiha rejissyori Adam Vingard va stsenarist Saymon Barret o‘zaro hamkorlikda ishlashadi. Film tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda", - deya malum qildi "Hollywood Reporter".
Eslatib o‘tamiz, Saymon Barret "Godzilla va Kong: Yangi Imperiya" filmining stsenaristi hisoblanadi.
Fikrlar