UFC Fight Night 155: Ushbu turnirning barcha natijalari
Xabaringiz bor, Sakramento shahrida “UFC Fight Night” kechasi bo‘lib o‘tgandi. Turnirning markaziy jangida Jermeyn de Randami Aspen Laddni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Kechada yana bir qator janglar o‘tkazildi. Turnirning barcha natijalarini e’tiboringizga xavola etamiz:
Benito Lopes - Martin Dey – Hakamlar qaroriga ko‘ra, Benito Lopes g‘alaba qozondi.
Livinya Souza - Brianna van Buren – Hakamlar qaroriga ko‘ra, Van Buren g‘olib bo‘ldi.
Pinguan Lyu - Djonatan Martines – Martines Lyuni nokautga uchratdi.
Darren Elkins - Rayan Xoll – Hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba Xoll hisobiga yozildi.
Djulianna Penya - Nikko Montana – Hakamlar qaroriga ko‘ra, Penya g‘olib deb topildi.
Andre Fili - Sheymon Moraesh –Texnik nokaut bilan Fili g‘alabaga erishdi.
Mayk Rodriges - Djon Allan – Hakamlar qaroriga ko‘ra, Allanning g‘alabasi e’tirof etildi.
Martin Vettori - Sezar Ferreyra – Hakamlar qaroriga ko‘ra, ustunlik Vettorida bo‘ldi.
Karl Roberson – Vellington Turman – Hakamlar qaroriga ko‘ra, Roberson zafar quchdi.
Djosh Emmett - Mirshad Bektich – Emmett nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Yurayya Feyber - Riki Saymon –Feybera texnik nokaut evaziga zafar quchdi.
Jermeyn de Randami - Aspen Ledd – Tezkor nokaut bilan Randami g‘olib chiqdi.

Fikrlar