
"UFC Fight Night 211" turnirining to‘liq "fayt-kard"i bilan tanishing! "Bo‘g‘ma ilon" ham jang qiladi!
2 oktyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night 211" turniri tashkil etiladi. Ushbu turnirning markaziy jangi "Somoncha" divizioni vakillari ya’ni, minimal vazn (52 kg) jangchilari Makkenzi Dyorn hamda Yan Syaonyan o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, bizga yaxshi tanish bo‘lgan, 45 yoshli rossiyalik "sabmishen"lar qiroli, haqiqiy "Bo‘g‘ma ilon" Aleksey Oleynik ham oktagonga ko‘tariladi va u shvetsiyalik Ilir Latifiga qarshi bahs yuritadi.
Shuningdek, bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar o‘rin olgan. Quyida to‘liq "fayt-kard" bilan tanishishingiz mumkin!
Asosiy kard:
Ayollar, Minimal vazn (52 kg)
Makkenzi Dyorn (AQSh) - Yan Syaonyan (Xitoy)
O‘rta vazn (83.9 kg)
Brendan Allen (AQSh) – Kshishtof Yotko (Polsha)
Oraliq vazn (63,5 kg)
Yuliya Stolyarenko (Litva) - Chelsi Chandler (AQSh)
O‘ta engil vazn (61.2 kg)
Guido Kannetti (Argentina) – Rendi Kosta (AQSh)
Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)
Rendi Braun (Yamayka) – Fransisko Trinaldo (Braziliya)
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Sodiq Yusuff (AQSh) – Don Shaynis (AQSh)
O‘ta engil vazn (61,2 kg)
Raoni Barselos (Braziliya) – Trevin Jons (Guam)
Prelim kard:
Engil vazn (70.3 kg)
Mayk Devis (AQSh) – Vyacheslav Borshev (Rossiya)
Yarim og‘ir vazn (93 kg)
Maksim Grishin (Rossiya) - Filipp Lints (Braziliya)
Og‘ir vazn (120.2 kg)
Aleksey Oleynik (Rossiya) - Ilir Latifi (Shvetsiya)
O‘ta engil vazn (61.2 kg)
Jon Kastaneda (AQSh) – Daniel Santos (Braziliya)
Engil vazn (70.3 kg)
Xoakim Silva (Braziliya) – Jessi Ronson (Kanada)
Super engil vazn (57 kg, Ayollar)
Tabata Richchi (Braziliya) – Jessika Penn (AQSh)
Fikrlar