
"UFC Fight Night 241" natijalari bilan tanishing!
AQSh ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC Fight Night 241" musobaqasi yakunlandi. Ushbu turnirning asosiy to‘qnashuvida Leron Myorfi va Edson Barboza jang qilishdi. Quyida, bahslarning natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
Prelim:
Ayollar minimal vazni: Vanessa Demopulos Emili Dyukotni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi (28-29, 29-28, 29-28);
O‘ta engil vazn: Xeyli Alateng hakamlarning yakdil qarori bilan Kleydson Rodriges ustidan g‘alaba qozondi (30-27, 30-27, 29-28);
Ayollar minimal vazn : Ariani Karnelossi Pera Rodrigesni diskvalifikatsiya evaziga engdi, 2-raund;
O‘rta vazn: Abusupyan Magomedov Varley Alves ustidan ochkolar bo‘yicha zafar quchdi (30-26, 30-26, 30-26);
Ayollar super engil vazni: Melissa Gatto Tamires Vidalni texnik nokautga uchratdi, 3-raund;
Yarim og‘ir vazn: Oumar Su Tuko Tokosni bo‘g‘ish orqali mag‘lub etdi, 1-raund;
Engil vazn: Tom Nolan Viktor Martinesni texnik nokaut qildi, 1-raund.
Asosiy kard:
Ayollar minimal vazni: Anjela Xill 2 raundda Luana Pineyroni mag‘lubiyatga uchratdi;
O‘ta engil vazn: Adrian Yanez Vinisius Salvador ustidan texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi, 1-raund;
Yarim o‘rta vazn: Temba Gorimbo Ramiz Brahimayni hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 30-27, 30-27) engdi;
Yarim o‘rta vazn: Kalinn Uillyams Karlston Xarrisni nokautga uchratdi, 1-raund;
Yarim engil vazn: Leron Myorfi Edson Barbozadan ochkolar bo‘yicha ustun keldi (49-46, 50-45, 50-45).
Fikrlar