"UFC Fight Night 248" turniri yana bir ajoyib jang bilan boyidi

  • 26 sentabr, 2024, 14:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

UFC ning sobiq chempionlari - rossiyalik Pyotr Yan (17-5) va braziliyalik Deyvison Figeyredu (24-3-1) o‘rtasidagi jang sanasi rasman ma’lum bo‘ldi.

 Xabarlarga ko‘ra, ular 23 noyabr kuni Makaodagi (Xitoy) "UFC Fight Night 248" turnirida oktagonga ko‘tariladi. Mazkur jang besh raundlik formatda o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, o‘zining so‘nggi jangida Pyotr Yan Song Yadongni xakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engan bo‘lsa, Deyvison Figeyredu Marlon Verani ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!