UFC jangchisi odam o‘g‘irlash va ko‘plab hujumlarda gumonlanib hibsga olindi

  • 22 avgust, 2024, 13:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Feniks politsiyasi Keysi Kenni 16 avgust kuni soat 12:00 da detektivlar tomonidan hibsga olinganini tasdiqladi. Sportchi odam o‘g‘irlash, hujum (bo‘g‘ish) va tajovuzda ayblangan.

"Marikopa okrugi sudining ma’lumotlariga ko‘ra, Kenniga jami oltita ayblov qo‘yilgan. Agar u aybdor deb topilsa, 12 yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilinadi", - deya xabar berdi MMA Fighting.

Ma’lumot uchun, Kenni(16-4-1) o‘zining so‘nggi jangini 2021 yilda "UFC 265" doirasida xitoylik Song Yadong(21-8-1-1 N/C)ga qarshi o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!