UFC jangchisi ukasi uchun revansh olmoqchi

CHERY AUTO

Aka-ukalarning to‘ng‘ichi Nik Dias Nyu-Yorkdagi UFC 244 da Neyt Diac ustidan g‘alaba qozongan Xorxe Masvidal bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.

Tecno

" Masvidal, UFC, muxlislarga ko‘rishni istagan narsalarini bering", - deb yozdi katta Dias  o‘zining instagram dagi sahifasida.

O‘z o‘rnida Masvidal ham bu chorlovga javob berdi.

"Bu sharaf bo‘lar edi. Men ushbu jang bo‘lishining yuz foiz tarafdoriman”,-dedi Masvidal.

Xorxe Masvidal va Nik Dias o‘rtasidagi jang shu yilning bahorida Las-Vegasdagi UFC 235 da bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo jang e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay Dana Uayt Dias bunga tayyorlanmagani uchun jang bekor qilinganini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!