UFC o‘zi haydagan jangchini yana ortga qaytardi
AQShlik engil vazn toifasi vakili, UFC promoushenida 18 tajang o‘tkazib, 11 ta g‘alaba va 7 mag‘lubiyat qayd etgan Kevin Li 2021 yil 28 avgustda Daniel Rodrigesdan uchralgan 7-mag‘lubiyatdan so‘ng, UFC u bilan shartnomani bekor qilgan edi. Li shundan so‘ng, Habib Nurmagomedovga tegishli EFC bilan shartnoma tuzib, bitta jangda ishtirok etgan va unda Diego Sanchesni mag‘lub etgandi. Oradan deyarli 2 yil o‘tganidan so‘ng, Kevin Li yana UFCga qaytdi. U 1 iyul kuni “UFC on ESPN 48” turnirida rossiyalik Renat Faxritdinovga qarshi oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Renat Faxritdinovning professional ko‘rsatkichi 20-1 ko‘rinish olgan. UFCdagi rekordi esa 2-0.


Fikrlar