
UFC prezidenti: Makgregor Serroneni taslim etsa, Xabibga qarshi revansh jangini o‘tkazadi
UFC prezidenti Dana Uaytning ta’kidlashicha, agarda Konor Makgregor Donald Serroneni mag‘lub eta olsa, Xabib Nurmagomedovga qarshi revansh jangini o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
"U o‘zi so‘ragan va istagan narsasiga erishadi. U Xabibga qarshi revansh jangini juda xohlayotgani, unchalik katta sir emas.
Ushbu dam olish kunlarida Konor g‘alabani qo‘lga kirita olsa, Xabibga qarshi revansh jangini o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. Bu pullik translyatsiyalar uchun rekord darajadagi foydani keltiradi. Bu UFC tarixidagi katta shou bo‘ladi," - dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Serrone o‘rtasidagi jang 18 yanvar kuni Las-Vegasda UFC 246 doirasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar