
UFC prezidenti Xabib va Konor o‘rtasida revansh jangi bo‘lishiga sha’ma qildi
UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi revansh jangi bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi.
"Konor "kovboy"ni mag‘lub etishi kerak. Bu oson bo‘lmaydi, ayniqsa yarimo‘rta vaznda Serrone muammoga uchramaydi.
Shu qatorda, Xabib ham Fergyusonni taslim qilishi kerak.
Agarda ikkisi ham g‘alabaga erishsa, revansh jangini tashkil qilish borasida o‘ylab ko‘raman," - dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor UFC 246 doirasida Las-Vegasda 18 yanvar kuni Donald Serronega qarshi oktagonga ko‘tarilsa, Xabib Nurmagomedov 18 aprel kuni Nyu-Yorkda Toni Fergyusonga qarshi bahslashadi.
Fikrlar