UFC sobiq jahon chempioni Emelyanenkoni ringga chaqirmoqchi

CHERY AUTO

Og‘ir vaznda UFC sobiq jahon chempioni Frenk Mir Bellator bilan muzokaralar o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda MMA Fighting nashri. 38 yoshli amerikalik sportchi diskvalifikatsiyasi yakuniga etgandan so‘ng aralash yakkakurash janglariga qaytmoqda va Fyodor Emelyanenkoga bilan ringda uchrashish haqida bosh qotirmoqda. Shuningdek, bu jangchiga boshqa bir diskvalifikatsiya qilingan sportchi Brok Lesnar ham raqib bo‘lishi mumkin.

Tecno

Bundan tashqari Mir ACB promoushen bilan ham muzokaralarga kirishgan. Jangchi rasman taqiqlangan modda degidroxlormetiltestosteron qabul qilgani uchun ikki yilga chetlatilgan edi. Qaror 2017 yil aprelda kuchga kirgan, biroq bu keyinchalik 2016 yil 8 apreldan harakatda ekanligi belgilab qo‘yildi.

Agar Mir ringga qaytib, jang tashkil qilinadigan bo‘lsa, muxlislar uni 9 oydan keyin tomosha qilishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!