“UFC Vegas 46” turnirida qayd etilgan natijalar bilan tanishing!
Hozirgina AQShning Las-Vegas shahrida “UFC Vegas 46” turniri o‘z yakuniga etdi. Markaziy jangda yarim engil vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan gruziyalik Giga Chikadze AQSh vakili Kelvin Ketter bilan jang olib bordi va yakunda Chikadze faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. To‘iq davom etgan to‘qnashuvda Ketter hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi. Shuningdek, yana bir qator qiziqarli janglarning guvohiga aylandik. Quyida, to‘liq natijalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Asosiy kard
Jeyk Kolle vs Cheys Sherman – Kolle 1-raundda g‘alaba qozondi.
Brendon Royval vs Rojerio Bontorin – Royval hakamlar qaroriga muvofiq g‘alabaga erishdi.
Ketlin Chukagyan vs Jennifer Maya – Chukagyan hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.
Dakota Bush vs Vyacheslav Borщyov – Borshyov 1-raundda nokaut bilan zafar quchdi.
Bill Aldjeo vs Joanderson Brito – Aldjio hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi.
Prelim kard
Jeymi Pikett vs Jozef Xolms – Pikett ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.
Kurt MakGi vs Ramiz Braximay –Makgi ochkolar hisobida zafar quchdi.
Brayen Kellexer vs Kevin Krum – Kellexer ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
TiDjey Braun vs Charlz Rosa – Braun ochkolar hisobida zafar quchdi.

Fikrlar