"UFC Vegas 9" turnirining barcha natijalari bilan tanishing!

  • 6 sentabr, 2020, 12:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

AQShning Las-Vegas shahri "UFC Vegas 9" turniriga mezbonlik qildi. Ushbu oqshomning markaziy jangi og‘ir vazn toifasida niderlandiyalik Alistar Overim hamda braziliyalik Augusto Sakai o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuv muddatidan avval Overimning texnik nokaut evaziga qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan yakunlandi. Mazkur jang kechasida yana bir qator qiziqarli bahslar ham bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Quyida barcha natijalarni e’tiboringizga havola etamiz. 

Andre Muniz - Bartosh Fabinski. Muniz birinchi raundda "armbar" uslubi evaziga g‘alaba qozondi.

Brayan Kellexer - Reya Rodriges. Kellexer birinchi raundda bo‘g‘ish uslubini qo‘llab, zafar quchdi.

Vivian Araujo - Montanu de la Rosu. Araujo ochkolar hisobida (30-27, 30-27, 29-2) g‘olib chiqdi.

Xanter Azur - Koul Smit. Azur ochkolar hisobiga (29-28, 29-28, 29-28) g‘alabaga erishdi.

Michel Pereyra -Zelim Imadaev. Pereyra og‘riqli usul evaziga muddatidan avval g‘alaba qozondi.

Ovins Sent-Pryo - Alonzo Menifild. Ovins ikkinchi raundda nokaut evaziga zafar quchdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!